"Al Nassr"ning besh nafar futbolchisi jarohatdan tiklanmoqda

"Al Nassr" klubining besh nafar o'yinchisi – Rahed an-Najjar, Rakan al-G'amdi, Muborak al-Buaynin, Salim an-Najdiy va Muhammad Marran tibbiy dastur asosida davolanish va tiklanish muolajalarini o'tamoqda.
Ar-Riyodiyah nashri manbalariga ko'ra, an-Najjar va al-Buaynin xochsimon paylarining uzilishidan davolanayotgan bo'lsa, al-G'amdi tizza tog'ayidagi kuchli zarba oqibatida tiklanmoqda. Shuningdek, an-Najdiy burnidagi sinish tufayli, Marran esa sonning orqa mushagidagi yirtilish sababli o'tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan so'ng reabilitaciya jarayonini boshdan kechirmoqda. Ushbu beshlik tibbiy shtab nazorati ostida bo'lib, ularning umumiy mashg'ulotlarga qaytishi muolajalarning samaradorligiga qarab belgilanadi.
Saudiya Arabistoni klubi 12 oktyabr kuni Elit Osiyo Chempionlar ligasining 2-turi doirasida o'z maydonida O'zbekistonning "Neftchi" klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Kommentariyalar