"Al-Ittihod" yulduzi "Inter"ga o'tmaydigan bo'ldi

"Al-Ittihod" vingeri Mussa Diabi qishda jamoani tark etmaydi.
Fabris Xokins ma'lumotiga ko'ra, jiddaliklar va "neradzurrilar" o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Avvalroq, "Inter"ning 26 yoshli frantsuzni mavsum yakunida 35 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish taklifi rad etilgandi.
Diabining shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.