"Al-Ittihod" portugaliyalik futbolchi uchun 70 million evro tayyorlamoqda

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi hamon tarkibini hujumkor yarim himoyachi bilan kuchaytirishdan umid uzmayapti.
18 yoshli portugaliyalik Rodrigo Mora anchadan buyon Yaqin Sharq klubida qiziqish uyg'otmoqda va futbolchining o'zi ham Saudiya Pro-ligasida o'ynashdan bosh tortmayapti. Ammo bunga futbolchiga tegishli bo'lgan "Portu" xalaqit bermoqda.
"Ajdarlar" allaqachon 63 million evro + kelajakdagi qayta sotuvning 10 foizi bo'lgan taklifni rad etib, 70 million evrolik sof narxni belgilagan. "Al-Ittihod" Mora uchun portugallarni qoniqtirishi kerak bo'lgan yangi taklif tayyorlamoqda.
U yangi mavsumda barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 40 million evroni tashkil etadi.