«Al-Ittihod» Mehdi Benatiaga sport direktori lavozimini taklif qildi

«Marsel» klubining sobiq sport direktori Mehdi Benatia «Al-Ittihod»da xuddi shu lavozimni egallashi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, 39 yoshli marokashlik mutaxassis allaqachon Saudiya klubidan taklif olgan. «Al-Ittihod»ning amaldagi sport direktori Ramon Planes esa faoliyatini Evropada davom ettirish uchun klubni tark etishi kutilmoqda.
Benatia 2025 yildan 2026 yilga qadar «Marsel»da sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan edi.