Yarim himoyachi Entso Fernandes shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin.

Fichajes nashrining ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchining transferiga «Al-Ittihod» qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi xavbek uchun 200 million evro to'lashga tayyor. Entso klubning so'nggi vaqtlardagi qiyinchiliklari sababli «ko'klar» safini tark etishga tayyor.

Entso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi» safiga 121 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko'klar» tarkibida barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.