"Al-Ittihod" 20 million evrolik transfer amalga oshirishga yaqin turibdi

Belgiyaning "Anderlext" klubi markaziy himoyachisi Yan-Karlo Simich faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "Al-Ittihod" 20 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.
Shimich hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholanmoqda. Uning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.