"Al-Ittihod" 19 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 35 million evro sarflashga tayyor

"Zenit"ning braziliyalik 19 yoshli vingeri Pedro dos Santos "Al-Ittihod" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni jamoasi "Zenit"ga Pedroning transferi bo'yicha 35 million evrolik rasmiy taklif yuborgan. Manbaga ishonadigan bo'lsak, futbolchining o'ziga "Al-Ittihod" juda katta maosh taklif qilgan va braziliyalik futbolchi transferga roziligini berib bo'lgan.
"Zenit" Pedroni 2024 yilda 9 mln evroga sotib olgandi. U bu mavsumda barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Pedroning "ko'k-oq-ko'klar" bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.