"Al-Hilol"ning braziliyalik qanot hujumchisi Malkom Evropaga ko'chib o'tishi mumkin.

Insayder Ekram Konurga ma'lum bo'lishicha, noma'lum xaridorlar 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun taxminan 25 million evro taklif qilishga tayyor. Bitim qishki transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Malkom 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. "Al-Hilol" va hujumchi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.