"Barselona" markaziy hujumchisi Robert Levandovski yozda "Al-Hilol"dan kelgan 100 million evro maoshlik shartnomani rad qilgan, deya xabar berdi Sport nashri.

Riyodliklar 36 yoshli polyak transferi amalga oshmagach "Liverpul"dan Darvin Nunesni sotib olishga qaror qilishdi.

Yakunda 26 yoshli urugvaylik 53 million evroga sotib olindi va 2028 yil o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.