Petro Komutstso "Fiorentina"dan "Al-Hilol"ga o'tish ehtimoli past.

Murabbiy Simone Indzagi boshchiligidagi Saudiya klubi 20 yoshli himoyachi uchun "binafsharanglilar"ga 35 million evro taklif qildi.

Komutstso bugun taklifga javob berishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan italiyalik futbolchi "Al-Hilol"ga rad javobini beradi.

O'tgan mavsumda A Seriyaning 33 o'yinida Petro 1 ta gol urdi va 5 ta sariq kartochka oldi.