«Al-Hilol» Grilish uchun yirik taklif tayyorladi

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Jek Grilish uchun kurashga qo'shildi va ingliz futbolchisiga juda manfaatli moliyaviy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Goal nashri jurnalist Ekrem Konurga tayanib xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, saudiyaliklar 30 yoshli futbolchiga yiliga 20–23 million evro miqdorida maosh taklif qilishni rejalashtirgan.
Xabarda aytilishicha, «Al-Hilol»ning asosiy raqobatchisi Madridning «Atletiko» klubi hisoblanadi. Biroq «Manchester Siti» transfer narxi bo'yicha talablarini pasaytirmasa yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi bo'lmasa, ispaniyaliklar faol harakat qilmaydi.
Shuningdek, Grilishga AQShning MLS chempionati klublari ham qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi ijara asosida «Everton» safida to'p tepdi. U 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda Jek Grilishning transfer qiymati 20 million evro deb baholanmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar