«Al-Hilol» «Fenerbaxche»dan 19 yoshli Akchichekni sotib oldi

Yusuf Akchichek «Fenerbaxche»dan «Al-Hilol»ga o'tdi. Saudiya Arabistoni klubi 19 yoshli markaziy himoyachini 22 million evro evaziga xarid qildi.
Futbolchi va Saudiya klubi o'rtasidagi shartnoma 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
«Fenerbaxche» turk futbolchisini keyinchalik qayta sotishdan 15 foiz ulush ham oladi.
O'tgan mavsumda Yusuf Akchichek Turkiya chempionatida 9 ta o'yinda maydonga tushgan. Joriy mavsumda esa u bir o'yinda ishtirok etdi.
Manba: sports.ru