"Al-Hilol"dan ketgan braziliyalik futbolchi vataniga qaytadigan bo'ldi

Himoyachi Renan Lodi "Atletiko Mineyro" bilan shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Bitim besh yilga mo'ljallangan. Sentyabr oyidan beri 27 yoshli braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan shartnomasini bekor qilganidan so'ng erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
U bungacha "Atletiko", "Nottingem Forest", "Marsel" va "Atletiko Paranaense" klublarida o'ynagan. Braziliya terma jamoasi safida Lodi 19 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol urmagan.