"Al-Hilol" Brunoga qancha summa taklif qilgan edi?

"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandesh o'tgan yozda Saudiya Arabistonidan kelgan foydali taklifni rad etdi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, "Al-Hilol" portugaliyalik yulduzga yiliga 40 million evro va bonuslar sifatida 10 million evro to'lashga tayyor edi.
Taklif qilingan kuniyoq yarim himoyachi matbuot anjumanida "Manchester Yunayted"da qolishini e'lon qildi.