«Al-Hilol» «Bavariya» hujumchisi uchun 132 mln evrogacha taklif qilishga tayyor

«Al-Hilol» hujumchilar qidiruvida bozorni o'rganishda davom etmoqda va «Bavariya» vingeri Luis Dias bilan muzokaralar olib bormoqda. Insayder Sasha Tavolerining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, Saudiya klubi kolumbiyalik futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 25 million evro atrofida maosh taklif qilishga tayyor.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Al-Hilol» Myunxenning «Bavariya» klubi bilan muzokaralar olib bormayapti va 29 yoshli futbolchi bilan kelishib olmagunicha ularni boshlamaydi.
Xabar qilinishicha, Saudiya klubining yozgi transfer oynasi uchun umumiy byudjeti 350 million evrodan oshadi. Agar futbolchi o'tishga rozi bo'lsa, «Al-Hilol» Luis Dias uchun 105 milliondan 132 million evrogacha bo'lgan summani to'lashga tayyor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar