«PSJ» prezidenti Nosir Al-Helayfiy Golden Boy mukofoti doirasida «Eng yaxshi prezident» deb topildi.

Mukofotni qabul qilar ekan, Al-Xelayfiy quyidagilarni ta'kidladi:

“Biz barchamiz qilgan ishlarimizdan va qo'lga kiritgan g'alabalarimizdan juda faxrlanamiz.”

Shuningdek, u klubning kelajak yo'li haqida to'xtalib o'tdi:

“PSJ"ning kelajagi aynan shu erda shakllanadi va barpo etiladi. Parijda ishlab chiqilgan — Parij uchun. "PSJ"ning eng katta yulduzi — bu jamoaning o'zi, maydonda ham, maydon tashqarisida ham.”

Al-Xelayfiyning bu mukofoti klub boshqaruvida olib borilayotgan uzoq muddatli strategiya va barqaror taraqqiyot yo'lining e'tirofi sifatida baholanmoqda.