Al Ain Cup. Misr penaltilar seriyasida Kabo-Verdeni mag'lub etib, 3-o'rinni egalladi (videosharh)

BAAda o'tkazilayotgan Al Ain Cup o'rtoqlik turnirida kecha uchinchi o'rin uchun bahs o'tkazildi. Unda Misr Kabo-Verde bilan kuch sinashdi.
O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Kabo-Verde safida Garri Rodriges (7), misrliklardan Omar Marmush (57) gol urdi.
Penaltilar seriyasida "fir'avnlar" aniqroq harakat qildi - 2:0.
Bugun final doirasida Eron - O'zbekiston o'yini o'tkaziladi.
Manba: www.stadion.uz.