"Al-Ahli" "Zenit" bilan hujumchi Pedro transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda ESPN. Manbaga ko'ra, Saudiya klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 55 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

O'tgan yozda "Al-Ittihod" Pedro bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Saudiya klubi qariyb 40 million evro taklif qildi.

Pedro bilan 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma mavjud. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.