"Velensiya" klubi "Al-Ahli" himoyachisi Rojer Ibanesni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Rudi Galetti.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli braziliyalikning transferi 2026 yilning qishki yoki yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Ibanes Ispaniya jamoasi mudofaasini mustahkamlash uchun birinchi raqamli nomzod hisoblanadi.

2025/26 yilgi mavsumda Ibanes barcha turnirlarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 17 million evroga baholagan.