"Al-Ahli" himoyachisi Evropa klublari nishonida

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi markaziy himoyachisi Merix Demiralning kelajagi hozircha noaniq.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 27 yoshli turkiyalik futbolchini Evropaning bir qator klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Agar Demiral Saudiya klubi bilan kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmasa, u yangi klubga erkin agent sifatida o'tishi mumkin bo'ladi.