Aktyor Mads Mikkelsen "Barsa" o'yinini stadiondan tomosha qildi va Laporta bilan suratga tushdi(foto)

Mads Mikkelsen "Barselona"ning "Xetafe"ga qarshi o'yinini tomosha qildi.
La Liganing 5-turida "Blaugrana" 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi.
Aktyor va "ko'k-qizilllar"ning muxlisi "Estadi Yoxan Kroyff" stadionining VIP-minbarida hozir bo'ldi. Shuningdek, u Joan Laporta bilan suratga tushishga ulgurdi.

Daniyalik aktyor "Doktor Strenj", "Kazino Royal", "Yana bittadan" filmlari hamda "Gannibal" teleserialidagi rollari bilan mashhur.