Akliushning «PSJ»ga ehtimoliy transfer summasi ma'lum bo'ldi

«Monako»ning qanot hujumchisi Magnes Akliush «Pari Sen-Jermen»ga o'tishga yaqin turibdi. Avvalroq Frantsiya chempioni futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.
RMC Sport nashrining ta'kidlashicha, ayni paytda klublar o'zaro muzokara olib bormoqda. «Monako» jiddiy yon berishlar qilish niyatida emas. Kelishuv «PSJ»ga 50 million evroga tushishi kutilmoqda.
Akliush — «Monako» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda 24 yoshli frantsuz barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va o'z hisobiga 11 ta golli uzatma yozib qo'ydi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Akliushning bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar