Akinfeev Fayzullaevning JCh-2026dagi goli haqida hazil qildi

«TsSKA» darvozaboni Igor Akinfeev O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevni jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo'yli futbolchi bo'lgani munosabati bilan tabriklaganini aytdi.
«TsSKA»ning sobiq futbolchisi Fayzullaev JCh-2026 guruh bosqichi birinchi turida Kolumbiyaga qarshi o'yinda (1:3) O'zbekistonning yagona goliga mualliflik qilgandi. 22 yoshli futbolchi ikkinchi bo'limda bosh bilan aniq zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qilgan. Uning bo'yi 167 santimetrni tashkil etadi.
— Jahon chempionatida sobiq jamoadoshingiz Fayzullaevning golini ko'rdingizmi?
— Ha, Abbosbekning qaytgan to'pdan urgan golini ko'rdim. Balki bu uning faoliyatidagi eng qiyin goldir (kuladi). Uning uchun juda xursandman. O'qishimcha, u jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo'yli futbolchiga aylanibdi. Uni tabrikladim, juda xursandman. Bu voqea esda qoladi, — dedi Akinfeev.
23 iyun kuni ikkinchi tur doirasida O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar