Akanji nima uchun "Inter"ga o'tganini tushuntirdi

Yaqinda markaziy himoyachi Manuel Akanji "Inter" futbolchisiga aylandi. Italiya klubiga o'tish haqida futbolchining o'zi fikr bildirdi.
"Men uchun "Inter" Italiyaning eng katta klubi va dunyodagi eng yaxshilaridan biri, u buni so'nggi yillarda isbotladi. Bu tanlovni amalga oshirish men uchun juda oson kechdi," - dedi Akanji.
Shveytsariyalikning qo'shimcha qilishicha, "neradzurrilar" ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga qodir, ammo bu safar chempionlikni qo'lga kiritish kerak.
Akanji "Manchester Siti"dan ijara asosida "Inter" safiga qo'shildi. U joriy mavsum yakuniga qadar Italiya A Seriyasida to'p suradi.