Milanning "Inter" klubi "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanjini o'z safiga qo'shib oladi.

Milanliklar "shaharliklar" himoyachisini 2 million evroga ijaraga oladi va ma'lum shartlar asosida 15 million evroga sotib olishi mumkin bo'ladi.

Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Akanji yaqin vaqtlar ichida Milanga uchadi va u erda tibbiy ko'rikdan o'tadi.