«Inter» klubi himoyachisi Manuel Akandji «Napoli» a'zosi Kevin de Bryoyne haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Belgiyalik futbolchi erkin agent sifatida neapolitanliklar safiga o'tganidan so'ng, Italiyadagi ilk mavsumini o'tkazdi.

«Mening fikrimcha, u hali ham Italiya futbolida katta ta'sir o'tkaza oladi. Kevin — ajoyib futbolchi va mening yaqin do'stim. Uzoq muddatga safdan chiqargan jarohati sababli unga biroz omad kulib boqmadi. U maydonga qaytgan vaqtda esa chempionlik uchun kurash taqdiri amalda hal bo'lib ulgurgan edi», — dedi Akanji Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Shveytsariyalik himoyachi, shuningdek, De Bryoynega qarshi yana maydonda uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini qo'shimcha qildi:

«Unga qarshi maydonga tushishni juda xohlardim, bunday imkoniyat tez-tez sodir bo'lavermaydi».

Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumida 34 yoshli hujumkor yarim himoyachi De Bryoyne 18 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz