Akanji bu taklifni rad etdi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanji hozircha jamoadan ketishni istamayapti.
City Xtra xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Galatasaroy"dan kelgan taklifni rad etgan. U "shaharliklar" safida qolishni istamoqda.
Avvalroq, shveytsariyalikning xizmatlariga "Kristal Pelas" va "Everton" qiziqish bildirayotgani aytilgandi.