Akanji: "Afsuski, "Manchester Siti" bilan hozircha xayrlasha olmadim"

"Inter"ning yangi a'zosi Manuel Akanji "Manchester Siti"dan ketishi haqida fikr bildirdi.
Shveytsariyalik futbolchi "shaharliklar" safida 2022 yildan buyon to'p surib kelayotgandi.
"Men va oilam Manchesterda o'zimizni juda qulay his qildik, lekin hech narsadan afsuslanmayman. "Inter"dagi yangi chaqiruvni intizorlik bilan kutyapman. Afsuski, hozircha "Manchester Siti" bilan xayrlasha olmadim, ammo buni birgalikdagi kechki ovqat paytida qilishni juda xohlayman, bu esa tig'iz jadval tufayli oson emas. Men uchun hamma bilan xayrlashish muhim", - deya Akanjining so'zlarini keltiradi Sport Witness.
Ortda qolgan transferlar davrida "Inter" 30 yoshli himoyachini 1,5 mln evro evaziga "Manchester Siti"dan ijaraga olgan edi. Agar futbolchi joriy mavsumda 50 foiz o'yinlarda ishtirok etsa, milanliklar uni 15 mln evroga sotib olishga majbur bo'ladi.