Qozog'istonda akademik eshkak eshkak eshish bo'yicha o'tkazilgan “Turkiston Cup” xalqaro turnirida o'zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga sazovor bo'ldi.

Ikki kun davomida o'tgan musobaqalarda Markaziy Osiyoning 6 ta davlatidan mahoratli eshkak eshuvchilar Turkiston shahrida barpo etilgan yangi suv havzasida g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Murosasiz bahslar natijasida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Mahoratli sportchilarimizdan Sobir Safaraliev M1x dasturida va Sobir Safaraliev/Mehrojbek Mamatqulov juftligi M2x yo'nalishida oltin, Bosima Sattorova/Rayhona Karimovalar ayollar juftligining W2x dasturida kumush, Bosima Sattorova W1x toifasida hamda Sobir Safaraliev/Mehrojbek Mamatqulov M2 yo'nalishida bronza medallarini qo'lga kiritdi.