Tajribali hakam Ahror Risqullaev O'zbekiston Superligasida "Neftchi" — "Dinamo" bahsida bosh hakam sifatida 100-o'yinni boshqardi (avvalgi mavsumlar ham qo'shib hisoblanganda).

Uning statistikasi quyidagicha:

35 ta uchrashuvda mezbonlar g'alaba qozongan.

32 ta uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozongan.

33 ta o'yinda durang qayd etilgan.

Umumiy hisobda 216 ta gol urilgan.

405 ta sariq kartochka.

17 ta chetlatish — 9 tasi ikkinchi sariq kartochkadan keyin, 8 tasi to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka.

28 ta penalti belgilangan.