Aguero: "Skaloni Argentina terma jamoasining o'zagini saqlab qoldi, bu juda muhim"

"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero "albiseleste"ning hozirgi o'yin darajasini yuqori baholadi.
"O'ylaymanki, Lionel Skaloni jamoaning 2022 yilgi Jahon chempionati davridagi g'oliblik ruhini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Garchi Anxel Di Mariya kabi ayrim asosiy o'yinchilar endi terma jamoada o'ynamayotgan bo'lsa-da, murabbiylar shtabi o'tmishdagi etakchilarning ketishini seziltirmaydigan futbolchilarni topa oldi.
Skaloni jamoaning asosiy o'zagini saqlab qoldi, bu juda muhim. G'alabalarga chanqoq va Argentina terma jamoasida o'ynash nima ekanini tushunadigan yosh futbolchilarni jamoaga chaqirish ham yaxshi qaror bo'ldi. Ehtimol, ularda tajriba biroz kamdir, biroq jamoadagi kayfiyat uchun faxriy futbolchilar javob berishadi", — deya Agueroning so'zlarini keltiradi Goal.com.