Agentini o'zgartirgan "Inter" yulduzi kelasi yozda katta ehtimol bilan ketib qoladi

Milanning "Inter" klubi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris kelasi yili jamoani tark etishi mumkin.
Yaqinda 29 yoshli futbolchi agentini o'zgartirdi - endi uning transfer bozoridagi manfaatlarini Ali Barat himoya qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, lateralning keyingi yil yozida ketish ehtimoli ancha yuqori.
Denzel Dyumfrisning "neradzurrilar" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari niderlandiyalik futbolchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Dyumfris Kristian Kivu jamoasi safida barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.