Portugaliyalik agent Paulu Barboza "Benfika" bosh murabbiyligiga Joze Mourino tayinlanishi mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

"Ha, tez orada Mourino "Benfika"da ishlaydi. U allaqachon ushbu klubni boshqarishga qaror qilgan, - dedi agent.

Barbozaning qo'shimcha qilishicha, kelajakda Mourinoda o'zini Portugaliya terma jamoasida sinab ko'rish istagi bor.

Mourinoning so'nggi klubi Turkiyaning "Fenerbahche" klubi bo'lib, u "Benfika"dan Chempionlar Ligasi saralashida mag'lub bo'lganidan keyin ishdan bo'shatilgan.