"Zenit" sobiq forvardi Sardor Azmunning ishlarini yurituvchi agent Mehdi Hagitali futbolchining RPLga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. Ayni paytda 30 yoshli eronlik BAAning "Shabab Al-Ahli" klubi sharafini himoya qilmoqda.

"Yaxshi taklif tushsa, Sardor bilan, albatta, ko'rib chiqamiz. U Rossiyaga qaytishdan mamnun bo'lardi", - dedi Hagitali.

Agent futbolchining "Spartak" yoki TsSKAga o'tishini istisno qilmadi. Uning so'zlariga ko'ra, bu borada hech qanday muammo yo'q, chunki Azmun Rossiyaning barcha klublariga hurmat bilan qaraydi.