Angliyalik sobiq hujumchi Gabriel Agbonlaxor «PSJ»ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning 2026 yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

«Men bu mukofotni Xvichaga bergan bo'lardim. Ha, u Jahon chempionatida o'ynagani yo'q. Ammo shunchaki shu sababdan unga mukofot berilmaydimi? O'tgan butun mavsum davomida Kvaratsxeliya Parij jamoasida eng yaxshisi bo'ldi. U o'zini Keyn va Yamaldan ko'ra yaxshiroq ko'rsatdi. Ovozimni Xvichaga beraman», — dedi Gabriel Talksport nashriga bergan intervyusida.

O'tgan mavsumda Kvaratsxeliya Parij grandi tarkibida 48 ta o'yinda maydonga tushdi. Gruziyalik yarim himoyachi o'z hisobiga 19 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozib qo'ydi.

Manba: Stadion.uz