Agbonlaxor: «Mbappe Ronaldo darajasiga eng yaqin futbolchi»

Birmingemning «Aston Villa» klubi sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor Madridning «Real» klubi hamda Frantsiya terma jamoasi yulduzli forvardi Kilian Mbappe va braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo o'rtasida taqqoslash o'tkazdi.
«Agar Ronaldo shunday gollar urganida, butun dunyo aqldan ozgan bo'lardi. Mbappe biz Ronaldoning o'yinini ko'rganimizdan beri uning darajasiga eng yaqin kelgan futbolchidir», — deya sobiq o'yinchining so'zlarini keltiradi Talksport.
2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Frantsiya terma jamoasi Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Mbappe ushbu uchrashuvda o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.
Mundial to'purarlari poygasida frantsuz argentinalik Lionel Messi bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Har ikki futbolchi ham turnirda oltitadan gol urishga ulgurdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar