Agbonlaxor Frantsiya terma jamoasi haqida: «Ularni to'xtatish juda qiyin bo'ladi»

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor Frantsiyani mundialda qolgan jamoalar ichida eng kuchlisi deb hisoblaydi.
«Menimcha, Frantsiya turnirdagi eng yaxshi jamoa bo'ldi. Ularda bo'sh zonalar yo'q: jamoa himoyada ishonchli o'ynaydi, raqiblarning «avtobus» uslubi yoki yuqori pressingiga qarshi har doim echim topa oladi», — dedi Agbonlaxor talkSPORT efirida.
«Ularning hujum va yarim himoya chizig'ida tanlov imkoniyati juda katta. Menimcha, bu jamoa jahon chempionatlari tarixidagi eng buyuk terma jamoalardan biri sifatida qolishi mumkin. Ularni to'xtatish juda qiyin bo'ladi», — deya qo'shimcha qildi sobiq futbolchi.
Frantsiya yarim finalda Ispaniya bilan kuch sinashadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar