Serbiyaning Vrnyachka-Banya shahrida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar hamda yoshlar o'rtasida rapid va blits yo'nalishlarida Jahon chempionati o'tkazilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunlari o'zbekistonlik shaxmatchilar uchun muvaffaqiyatli bo'ldi.

O'zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Afruza Hamdamova 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg'argan holda Jahon chempionligini qo'lga kiritdi. U musobaqa davomida ishonchli va barqaror o'yini bilan ajralib turdi.

Shuningdek, rapid yo'nalishida 12 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar o'rtasida o'zbekistonlik Islombek Husanov munosib ishtirok etib, 3-o'rinni egalladi. Shuningdek, Husnoraxon Husnitdinova blits yo'nalishida masalalar echish bo'yicha kumush medalga sazovor bo'ldi.

Manba: www.daryo.uz