Afrika qit'asining bir yo'la beshta terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta Jahon chempionatining pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ulardan biri umuman o'z tarixida ilk bor turnirning final bosqichiga yo'l olgan edi.

DR Kongo, Kot-d'Ivuar, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Misr terma jamoalari muqaddam hech qachon guruh bosqichi to'sig'idan o'ta olishmagan. Kabo-Verde terma jamoasi uchun esa 2026 yilgi mundial faoliyatidagi debyut turnir bo'ldi.

Shu bilan birga, Afrika jamoalarining pley-offdagi umumiy soni ham rekord ko'rsatkichga etdi. Musobaqada ishtirok etgan 10 ta jamoadan 9 tasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi raundga o'tdi — faqatgina Tunis turnirni tark etdi.

Manba: Stadion.uz