14 sentyabr kuni Nagoya (Yaponiya) shahrida Naoya Inoue (31-0, 27 KO) ikkinchi engil vazn toifasidagi (55,3 kg gacha) mutlaq chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. U o'zbekistonlik sobiq chempion Murodjon Ahmadalievni (14-2, 11 KO) ishonchli ravishda mag'lub etdi.

Ushbu vazn toifasida jang qilayotgan, «Energiya» laqabi bilan tanilgan 29 yoshli namibiyalik Fillipus Ngxitumbva (17-2, 15 KO), Nagoyada o'tkazilgan jangdan qoniqmadi. U The Ring nashriga bergan intervyusida har ikki bokschini ham tanqid qilib, ularni engishga qodir ekanini bildirdi.

«Bu jang juda ham noumid etdi. U zerikarli o'tdi, hech qanday harakat yo'q edi. Bu darajada bizga zerikarli janglar kerak emas. Agar Ahmadaliev jangga tayyor bo'lmasa, nega chempionga chaqiruv tashladi? Men ikkalasini ham bir kechada nokaut qilaman.

Inoue doim ta'sirli chiqish qiladi, ammo bu safar u juda ham oddiy va cheklangan edi. Balki shuning uchun ham uni oxirgi jangda nokdaunga tushirishdi? Men u bilan jang sanasi haqida qo'ng'iroq kutyapman. Shunda butun dunyoga ikkinchi engil vazn toifasida eng kuchli bokschi ekanimni ko'rsataman», — dedi afrikalik.

Manba: sports.kz