Afrika millatlar kubogi. Senegal ko'pchilikda o'ynab, Malini mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi (videosharh)

Afrika millatlar kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan ilk o'yin yakuniga etdi. Unda Mali va Senegal terma jamoalari maydonga tushdi. O'yin Marokashdagi «Stad Ibn-Batuta» stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Senegal 1:0 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning yagona golini Senegal hujumchisi Iliman Ndiaye 27-daqiqada kiritdi. Birinchi taymga qo'shilgan vaqtda Mali terma jamoasi yarim himoyachisi Iv Bissuma ikkinchi sariq kartochka uchun maydondan chetlatildi.
Yarim finalda Senegal terma jamoasi Misr va Kot-d’Ivuar bahsining g'olibi bilan to'qnashadi.
Afrika millatlar kubogi. 1/4 final
2026 yil 9 yanvar, juma. 21:00
Mali — Senegal 0:1
Gol: 0:1 — Ndiaye (27')
Chetlatish: Bissuma (45+3') — ikkinchi sariq kartochka
Manba: stadion.uz