Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) X ijtimoiy tarmog'ida Afrika millatlar kubogi guruh bosqichining ramziy jamoasini e'lon qildi.

Darvozabon: Muhammad el-Shenaviy (Misr).

Himoyachilar: Ali Abdi (Tunis), Aksel Tuanzebe (Kongo DR), Edmon Tapsoba (Burkina-Faso), Nussair Mazrauiy (Marokash).

Yarim himoyachilar: Karlos Baleba (Kamerun), Ademola Lukman (Nigeriya), Braim Dias (Marokash).

Hujumchilar: Sadio Mane (Senegal), Amad Diallo (Kot-d’Ivuar), Riyod Mahrez (Jazoir).

Bosh murabbiy: Erik Shell (Nigeriya).

Qayd etish joiz, Misr terma jamoasi va «Liverpul»ning qanot hujumchisi Muhammad Saloh yakuniy ro'yxatga kiritilmadi. Vinger Afrika Kubogida o'tkazgan ikki o'yinda ikki gol muallifi bo'lgan.

Avvalroq musobaqaning 1/8 finaliga quyidagi terma jamoalar yo'l olgani ma'lum bo'lgan edi: Marokash, Mali, Misr, JAR, Nigeriya, Tunis, Senegal, DR Kongo, Jazoir, Burkina-Faso, Kot-d’Ivuar, Kamerun, Benin, Sudan, Mozambik va Tanzaniya.

Manba: championat.com