Parij rasmiylari Afrika Millatlar Kubogi chorak finali bo'yicha qaror qabul qildi. RMC Sport nashrining xabar berishicha, politsiya Afrika terma jamoalari muxlislarining Elisey maydonida to'planmasligini ta'minlaydi.

Turli muammolarning oldini olishga qaratilgan ushbu chora 11 yanvar kuni soat 2:00 gacha amal qiladi.

Shuningdek, hududda mushakbozlik va pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlangan. Afrika Millatlar Kubogi chorak finali 9 va 10 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.