Kot-d'Ivuar terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichi 2-turida Kamerun bilan durang o'ynadi - 1:1.

Uchrashuvning 51-daqiqasida ivuarliklar hujumchisi Amad Diallo hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Kot-d'Ivuar terma jamoasi himoyachisi Gislen Konan o'z darvozasini ishg'ol qildi. 48-daqiqada VAR tekshiruvidan so'ng ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessening goli inobatga olinmadi (qoidabuzarlik).

Kot-d'Ivuar terma jamoasi ikki o'yindan so'ng 4 ochko jamg'arib, F guruhida birinchi o'rinni egallab turibdi. Ular qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha Kamerundan o'zib ketdi.

Guruhning 3-turida ivuarliklar 31 dekabr kuni Gabon, kamerunliklar esa shu kuni Mozambik bilan o'ynaydi.

Kot-d'Ivuar - Kamerun - 1:1

29 dekabr, 01:00. Marrakech Stadium (Marrakesh)

Gollar: Diallo, 51 (1:0). Konan, 56 - o'z darvozasiga (1:1)

Kot-dIvuar: Ya. Fofana, Kossunu, NDika, Konan, Due, S. Fofana (Oulai, 70), Sangare (Gbamen, 61), Kesse, Diomande, Diallo (Zaa, 87), Bayo (Gessan, 70)

Kamerun: Epassi, Kotto, Tolo, Meloun, Namaso (Kemen, 74), Avom (Boyomo, 90+1), Baleba, Yongva, Tchamadeu (Bassogog, 80), Mbemo, Kofane (Etta Eyong, 73)

Ogohlantirishlar: Diallo, 38. Oulai, 80 - Baleba, 15. Tchamadeu, 75

Manba: www.stadion.uz.