2028 yildan boshlab Afrika kubogi o'yini har to'rt yilda bir marta o'tkaziladi.

Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Patris Motsepe ma'lum qildi. Shuningdek, u 2029 yildan boshlab yangi yillik turnir - Afrika Millatlar Ligasi o'tkazilishini e'lon qildi.

1968 yildan beri Afrika kubogi har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Bir holatda turnir ketma-ket ikki yil - 2012 va 2013 yillarda o'tkazilgan.