«Milan» yarim himoyachisi Adrien Rabo Italiya chempionati 14-turida «Torino»ga qarshi bahsda (3:2) 29 metrdan aniq zarba yo'llab gol muallifi bo'ldi.

Opta Paolo ma'lumotiga ko'ra, A seriyada «rossoneri» tarkibidan bundan ham uzoq masofadan kiritilgan oxirgi golni Keysuke Xonda 2016 yil 14 fevral kuni «Jenoa» darvozasiga 30 metrdan urgan edi.

Joriy mavsumda Raboning hisobida milliy chempionatda 7 o'yinda «1+1» ko'rsatkichi bor.

Manba: stadion.uz