Frantsiyalik futbolchi Yasin Adli "Milan"dan Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi va u erda "Ash-Shabab"da o'ynaydi. Italiyalik taniqli jurnalist Matteo Moretto shartnomaning tafsilotlarini oshkor qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, shartnoma uch yilga mo'ljallangan va olti million evroni tashkil qiladi. Bu, albatta, «Milan»da orzu ham qilinmagan maosh; faqat klub rahbarlari shuncha maosh oladi.