"Milan" hujumkor yarim himoyachisi Yasin Adli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyor.

Futbolchi "Ash-Shabab" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli frantsiyalik xavbek BAA klubi bilan uch yillik bitim imzolashi kutilmoqda.

Adlining o'zi esa mavsumiga 7 million evro atrofida maosh oladi. Bu esa hozirgi ish haqidan kamida uch baravar ko'p.

Eslatib o'tamiz, Yasin o'tgan mavsumni “Fiorentina” klubida o'tkazgandi.