Adidas kompaniyasi 2026 yilgi jahon chempionati uchun yangi butsalarini taqdim etdi.

«Maksimal tezlashuv uchun yaratilgan. Jahon chempionati uchun chiqarilgan Adidas tarixidagi eng engil — F50 HYPERFAST EVO butsalarini o'z ichiga olgan F50 Too Light to'plamini kutib oling», — deyiladi brendning X (Tvitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, JCh-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida bo'lib o'tadi.