Adeyemining qaerga o'tmoqchi ekani ma'lum bo'ldi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi 2026 yilda jamoasini o'zgartirishga tayyor. 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted," "Barselona" va Milanning "Inter" kabi grand klublari qiziqish bildirmoqda.
Biroq, insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, nemisning A Seriyaga tushib qolishi dargumon. Italiya klublari - jumladan, "Inter"ga bunday qimmatbaho kelishuvni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Ayni paytda "neradzurri" bilan muzokaralar olib borilmayapti. Adeyemi variantlarni o'rganmoqda va allaqachon agentini almashtirgan, ammo uning nimani afzal ko'rishi hozirdan ma'lum. U o'zini Angliya Premer-ligasida sinab ko'rmoqchi.
Transfermarkt portali "asalarilar" yulduzining narxini 60 mln evroga baholamoqda.